BOSHQARMA BOSHLIGʻI OʻRINBOSARI BULUNG'UR TUMANIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

 

       Bugun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Jangirov hamda Bulungʻur tumani hokimi oʻrinbosari A.Boʻriboyev, xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Z.Aliqulova tumandagi umumtaʼlim maktablari faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, tumandagi 42, 46, 67-maktablarda boʻlib, ushbu taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilarning darslarga qatnashishi davomati, oʻqituvchilarning darslarga tayyorgarligi, oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu maktablarda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish boʻyicha oʻz tavsiya va koʻrsatmalarini berdi.

✅ @samarqandvxtb