HAYOT SHAMINGNI SO'NDIRMA

1-dekabr-"Butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan  Samarqand shahar 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Hayot shamingni so'ndirma" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, yetuk inson bo‘lib, voyaga yetishi va hayot yo‘lida adashmasdan o‘z yo‘lini topishi maznunidagi sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Tadbirga o‘quvchilarning ota-onalari, mahalla faollaridan taklif qilindi.