IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA JIHOZLAR YETKAZIB BERILMOQDA

 

    Samarqand viloyatidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarini kompyuter texnikalari, mebel, interaktiv doska, musiqa cholg'u asboblari va boshqa jihozlar bilan taʼminlash maqsadida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tegishli qarorlariga asosan  jami  13 milrd. 670 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
 

Boshqarma  boshligʻi Zebiniso Shodiyeva viloyat hokimi tashabbusi bilan ushbu ta'lim muassasalari uchun ajratilgan mablag'lar hisobidan olingan jihozlarni koʻzdan kechirib, yil yakuniga qadar ularni maktablarga yetkazib berish, tegishli tartibda o'rnatilishini ta'minlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati