MEHNAT INSONNI ULUG‘LAYDI


       

         O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda o'quvchilarda maktab davridanoq mehnat qilish ko'nikmalarini yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilangan edi.  Bugun viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi hamda Samarqand davlat universiteti agrotexnologiya fakulteti professor o'qituvchilari Toyloq tumanidagi  5-, 26-,34-,38-umumta'lim maktablarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirishdi.  


          Mutaxassislar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish hamda viloyat miqyosida ommalashtirish bo‘yicha  taklif va tavsiyalar  berildi.