QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM

 

 

Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi majlislar zalida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, Samarqand Davlat Universiteti va Samarqand viloyati Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to'lgani munosabati bilan  "Qadring baland boʻlsin, ona tilim" shiori ostida viloyat ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilmoqda. 
Tadbirda viloyat hokimi maslahatchisi Sh. Temirov, Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi o'rinbosari Q.Saidov, SamDU oʻzbek filologiyasi fakulteti professori I.Mirzayev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi viloyat hududiy bo'linmasi rahbari M.Abdiyev hamda malaka oshirish hududiy markazi o'qituvchilari ishtirok etmoqda.

Batafsil tez orada....

✅ @samarqandvxtb