VAZIRNING BIRINCHI OʻRINBOSARI ISHTIROKIDA TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH BOʻYICHA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI


           

Bugun Toyloq tumanidagi 26-IDUMda  Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari U.Sharifxodjayev, Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Z.Shodiyeva ishtirokida  Samarqand shahri, Bulungʻur, Jomboy, Urgut, Pastdargʻom, Nurobod, Samarqand va Toyloq  tumanlari Xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari bilan davra suhbati o'tkazildi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda  “O‘quvchilarda maktab davridanoq mehnat qilish ko‘nikmalarini yaratish”ga bag‘ishlangan 116-son bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida   so'z yuritildi.                                                                

 Seminar qatnashchilari maktab faoliyati bilan tanishdilar. 


Tuman, shahar Xalq ta’limi bo ‘limi mudirlari bilan taʼlim sifatini oshirish boʻyicha istiqboldagi rejalar belgilanib, mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar bildirildi. Tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.