VATANIMIZ IFTIXORI

Shu yilning 27 avgust va 7 sentyabr kunlari Bolgariyada jahon nogironlar shashka assotsasiyasi tashabbusi bilan shashkaning klassik va rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 23 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda Samarqand shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 59-maktab-internati o‘quvchisi Mahbuba Hamidova ham ishtirok etib, O‘zbekiston respiblikasi sharafini himoya qildi. U rapid yo‘nalishida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan tengdoshlarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon chempioni degan nomga sazavor bo‘ldi. Mahbuba shashkaning klassik yo‘nalishida ham kuchini sinab ko‘rdi va kumush medal sovrindori bo‘ldi.