VAZIFALAR IJROSI DOIMIY E’TIBORDA

 

 

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Elmurod Suyarov raisligida Zoom platformasi orqali tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlarining ekspluatatsiya va markazlashgan moliya-buxgalteriya xodimlari bilan quyidagi masalalar tahlil qilindi, jumladan:

 

    2021-2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini jadallashtirish va betalofat oʻtkazish, isitish qozonlari holatini sinovdan oʻtkazib, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish boʻyicha masʼul texnik xodimlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari belgilandi. 

 

    Maktablarda sinf komplektlari va tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirishni tashkil etish, oktabr oyi 1-yarim (avans) ish haqlarini oʻz vaqtida to‘lash, infomatika va axborot texnologiyalari faniga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun tegishli jihozlarni belgilangan muddatda yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari mas’ullarining axboroti tinglandi.

 

   Shuningdek, ta’lim muassasalarida 2020/2021-yil kuz-qish mavsumi uchun olingan ko‘mir yoqilg‘ilarini sifatli saqlanishini nazorat qilish, ta’lim muassasalarining bino va inshootlarini elektron platformaga joylashtirish boʻyicha barcha rahbar va mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati