Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan “Python” dasturlash tili bo‘yicha o‘quv kursida ishtirok etish uchun tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari taqdim etgan nomzodlar o‘rganib chiqildi va ta’lim muassasalaridan jami 66 nafar informatika va axborot t

Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan “Python” dasturlash tili bo‘yicha o‘quv kursida ishtirok etish uchun tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari taqdim etgan nomzodlar o‘rganib chiqildi va ta’lim muassasalaridan jami 66 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha BePro IT Academy nodavlat tashkiloti tomonidan test-sinovi asosida tanlab olindi.

Saralab olingan 32 nafar informatika o‘qituvchilarini “Python" dasturlash tili bo‘yicha 236 soat (Basic Python -160 soat, Django Python - 72 soat, Full Python-4 soat mahorat darsi) o‘qitilishi belgilandi. Shuningdek, o‘quv kursi Samarqand shahridagi Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 9-tayanch maktabida joriy yilning 21 iyun kunidan boshlab an’anaviy tarzda tashkil etildi.

Loyihani samarali amalga oshirish maqsadida, o‘quv kursiga jalb qilingan o‘qituvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratilib, o‘quv kursi yakuniga qadar BePro IT Academy tashkiloti bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.

O‘qituvchilarning bu kabi kurslarda malaka oshirishi kelgusida joylarlarda tashkil etilayotgan Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun munosib kadrlar zaxirasi shakllanishiga xizmat qiladi.

✅ @samarqandvxtb