VILOYATIMIZDA UMUMTA’LIM FANLARI OLIMPIADASINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHI BOSHLANDI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Iqtidorli yoshlar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida» gi 2021-yil 9-sentabrdagi qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 13-sentabrdagi buyrug‘iga asosan, viloyatimizda umumta’lim fanlari olimpiadasining tuman (shahar) bosqichiga start berildi.

Fan olimpiadalarini adolatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida  viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan mas’ullar biriktirilgan va har bir auditoriyaga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Olimpiadalarni tashkil etishda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etgan holda o‘quvchilarning olimpiada o‘tkaziladigan joyga kelib-ketishi qat’iy nazoratga olingan.
 


Bizni kuzatib boring.

✅ @samarqandvxtb