VILOYATIMIZDA UMUMTA’LIM FANLARI OLIMPIADASINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHI IKKINCHI KUNI BOSHLANDI

 

      Joriy yil 11-oktabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Iqtidorli yoshlar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida» gi 2021-yil 9-sentabrdagi qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 
2021-yil 13-sentabrdagi buyrug‘iga asosan, viloyatimizda umumta’lim fanlari olimpiadasining tuman (shahar) bosqichiga start berildi. Kecha matematika fanidan o'tkazilgan fan olimpiadasining  tuman, shahar bosqichi g'oliblari aniqlandi. Bugun umumta’lim fanlari olimpiadasining ikkinchi kunida o'quvchilar biologiya fanidan olgan bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

 

Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasidan  biriktirilgan mas’ullar tomonidan fan olimpiadalarini adolatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishi qat'iy nazoratga olingan.  

✅ @samarqandvxtb