XALQ TAʼLIMI VAZIRI SAMARQAND VILOYATINING OLIS HUDUDLARIDAGI MAKTABLARIDA FAOLIYAT BOSHLAGAN PEDAGOGLAR BILAN UCHRASHDI

      Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov “Yangi Oʻzbekiston Ustozlari” loyihasidan tashqari olis va taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun Navoiy, Andijon, Namangan viloyatlaridan kelib, Samarqand viloyatining Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Nurobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan  maktab direktorlari va pedagoglar bilan uchrashdi.


       Uchrashuv davomida viloyatning olis va taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarida ish faoliyatini boshlagan pedagoglar oʻquvchilarga zamonaviy va sifatli taʼlim berish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari haqida gapirib, o'z takliflarini berishdi.
      Ilgʻor ish tajribalari bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan tajribali ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.