XALQ TAʼLIMI VAZIRI SAMARQANDLIK IQTIDORLI OʻQUVCHILARNING YUTUQLARINI EʼTIROF ETDI

 

 

Ayni paytda Samarqand viloyatida boʻlib turgan Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov samarqandlik iqtidorli oʻquvchilar bilan uchrashdi.

2021-yilning 29-30-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Poliglot” tanlovida Samarqand shahridagi 50-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Kamronbek Isoyev faxrli 1-oʻrinni hamda 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Suhrob Murodov 2-oʻrinni egallagan edi. 

 

 

Uchrashuv davomida til bilish darajasi boʻyicha xalqaro IELTS dan 9 ballni qoʻlga kiritgan Suhrob Murodov va 7 ballni qoʻlga kiritgan Kamronbek Isoyev Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov bilan ingliz tilida muloqotda boʻlishib, kelajakdagi orzulari va rejalarini soʻzlab berishdi.  

 Xalq taʼlimi vaziri oʻquvchilarning tirishqoqoligi va oʻz maqsadi sari dadil odimlayotganini eʼtirof etib, ularning oʻqishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar Kamronbek va Suhrob kabi oʻquvchilar soni yanada ortishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishini taʼkidladi.

        Aʼlo oʻqishi va namunali xulqi bilan doʻstlariga namuna boʻlayotgan oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

 

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

axborot xizmati.