PRESS RELIZLAR

So'nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar kabi xalq ta'limi tizimiga ham alohida e'tibor qaratilib, maktab va o'qituvchi nufuzini oshirish bo'yicha barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Soha vakillarining obro'-e'tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilib, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashning barcha choralari ko'rilmoqda.     

         Bugungi kunda viloyat xalq ta'limi tizimida 1286 ta ta'lim muassasasi, jumladan, 1267 ta maktab (1259 ta 11 yillik maktab, shundan 5 ta Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati (IDUMI), 55 ta ixtisoslashtirilgan maktablar (IDUM) hamda 8 ta maxsus maktab-internatlar), 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 1 ta Mehribonlik uyi,   1 ta malaka oshirish hududiy markazi va “Bolalar kutubxonasi” faoliyat yuritadi.

2021 yilda Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi tizimidagi muassasalarda amalga oshirilgan qurilish-ta'mirlash hamda jihozlash ishlari haqida ma'lumot:

1.Investitsiya dasturi asosida 180,6 mlrd. so'm mablag'lar hisobiga 39 ta maktablar holati yaxshilanib, 2 tasi yangi qurildi, 19 tasi qayta qurildi va 18 tasi mukammal ta'mirlandi. Natijada 6536 ta qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratildi va 18320 ta o'quvchi o'rni mukammal ta'mirlandi. Shuningdek,   2 ta sport zali qurildi.

2.“Obod qishloq” va ”Obod mahalla” dasturlari asosida 49,6 mlrd. so'm mablag'lar hisobiga 27 ta maktablarda qurilish-ta'mirlash ishlari bajarilib, 2 ta yangi maktab qurildi, 14 ta maktablarda qo'shimcha o'quv binolari qurildi, 11 ta maktab mukammal ta'mirlandi. Natijada 3150 ta qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratildi va 8636 ta o'quvchi o'rni mukammal ta'mirlandi. Shuningdek,  4 ta sport zali qurildi.

3.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 iyundagi 94-sonli Rayosat majlisi bayoniga ko'ra, viloyatdagi 31 ta maktablarda qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun 128,9 mlrd. so'm mablag' ajratilgan. Ushbu mablag'lar evaziga 15 ta maktablar qayta quriladi, 16 ta maktablar to'liq va mukammal ta'mirlanadi. Natijada 5510 ta qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratiladi. Shuningdek, 8753 ta o'quvchi o'rni mukammal ta'mirlanadi

4.Viloyat hokimining tashabbusi bilan viloyatdagi jami 184 ta maktab filiallaridan yaroqsiz va achinarli holatda bo'lgan 60 tasi 27,9 mlrd. so'm mablag'lar evaziga qayta qurib berildi va jihozlandi. Natijada 2964 ta qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratildi.

5.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 294-sonli Farmoyishiga asosan 110 mlrd. so'm mablag'lar evaziga viloyatdagi 744 ta maktablarning holati yaxshilanib, 2021-2022 yangi o'quv yiliga tayyorlandi, 11 ta 9466 o'quvchi o'rinli maktablar ehtiyojiga ko'ra to'liq mukammal ta'mirlandi.

6.Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jami 75 ta maktablarda jihozlash ishlari amalga oshirildi (39 ta Investitsiya dasturi asosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilgan maktablar, 32 tasi 2018-yilda qurilgan sport zallari va 4 ta ehtiyoji bor maktablar).

Joriy yilda jami  497,0 mlrd. so'm mablag'lar evaziga 167 ta maktablarning (shundan, 60 ta filial) holati to'liq yaxshilanib, 4 ta maktab yangidan qurildi, 108 ta maktablar rekonstruktsiya qilindi va 55 ta maktablar mukammal ta'mirlandi, 733 ta maktablar o'quv yiliga tayyorlandi.

Natijada 18 160 ta qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratildi va  45 175 ta o'quvchi o'rniga mo'ljallangan binolar mukammal ta'mirlanib,  6 ta qo'shimcha sport zallari qurildi.

2021-2022-o'quv yili kuz-qish mavsumi uchun isitish qozonlarini yoqilg'i bilan ta'minlash uchun 25 ming tonna ko'mir yoqilg'isi ajratilib, ta'lim muassasalariga yetkazib berilgan.

Umumta'lim maktablarining yuklamasi (smena)ning holati.

Viloyatdagi  1 267 ta maktabda 744 206 nafar o'quvchi 581 441 o'ringa mo'ljallangan ta'lim muassasalarida 1,3 koeffitsiyentda tahsil olmoqda.  Viloyatdagi 252 ta maktabning quvvati 0.9 koeffitsiyentdan past, 277 ta maktabning quvvati 1.5 koeffitsiyentdan ortgan, 69 ta maktabda esa koeffitsiyent 2.0 dan yuqori. 1 039 ta maktabda darslar
2 navbatda tashkil etilgan.

        Viloyatda mavjud maktablarning 1228 tasi (97%) kompьyuter jihozlari bilan ta'minlangan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan davrga nisbatan 1.4 baravarga (879 ta) oshgan.

Joriy yil viloyatda jami 75 ta umumta'lim maktablarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan 39 ta, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyundagi 488-sonli qaroriga asosan 32 ta maktab sport zallarini hamda 4 ta umumta'lim maktablarini 21 mlrd. 708 mln.so'mlik qayta jihozlash rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 75 ta maktablarga jihozlar to'liq yetkazilib, barchasi joyiga o'rnatilgan.

Pedagog kadrlar bilan ta'minlanish holati. Viloyatdagi  umumiy o'rta ta'lim maktablarida jami 58 466 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Shundan, 51 223 nafari (87,6%) oliy ma'lumotli, 2223 nafari (3,8%) tugallanmagan oliy va 5020 nafari (8,6%) o'rta maxsus ma'lumotli.

O'qituvchilarning sifat tarkibi. “Oliy” toifali 1 872 nafar (3,2%), “birinchi” toifali 7 128 nafar (12,3%), “ikkinchi” toifali 13 639 nafar (23,6%), “mutaxassis” toifali 28 073 nafar (48,0%) o'qituvchilarni tashkil etadi. 2021-2022-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalarining kechki va sirtqi bo'limlariga hujjat topshirib, o'qishga qabul qilinmagan 814 nafar o'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilarning ro'yxati shakllantirilib,  hujjatlari Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etilgan.

Maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish bo'yicha:

2021 yilda viloyatdagi 1226 ta umumta'lim maktablarining 11-sinfini  50 589 nafar o'quvchi tamomladi. Shundan, 571 nafari oltin,  74 nafari kumush medallar bilan taqdirlandi.

Bitiruvchilarning 42 612 nafari yoki 84,2 foizi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish istagini bildirib, hujjat topshirgan va 12 060 nafari (23,8%) oliy ta'lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan bo'lib, shundan, 8 473 nafari (16,7%) O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga, 3 587 nafari (7,1%) esa xorijiy oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilingan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan                      1.3 baravarga oshganligini ko'rsatmoqda.

Shuningdek viloyatdagi umumta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilaridan  268 nafari muddatidan oldin nufuzli xorijiy va respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish baxtiga sazovor bo'lgan.

11-sinf bitiruvchilari orasidan 150 nafari AELTS va CEFR xalqaro baholash dasturidan 6 balldan yuqori ball olgan bo'lib, ushbu bitiruvchilarimiz ingliz tili fanidan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan imtiyozga ega bo'lishdi.

Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.
           2020 yilda viloyat bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 5372 nafar (10%) ni tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilda ushbu ko'rsatkich 11939 nafar (23,6) ga ko'tarildi.

2020 yilda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi bo'yicha 14-o'rinda bo'lgan bo'lsa, 2021 yilda bitiruvchilarning Davlat test markazi tomonidan o'tkazilgan test sinovlaridagi o'rtacha OTMlarga o'tish bali ko'rsatkichi bo'yicha 5 ta pog'ona yuqorilab, respublikada 9 o'rinni egalladi.

2020 yilda to'q qizil (birorta ham bitiruvchisi oliy ta'limga kirmagan) toifadagi maktablar soni viloyat bo'yicha 142 tani tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilda (DTM test sinovlaridagi o'rtacha bali  56.7 ball) ushbu ko'rsatkich 3 baravarga kamayib, 51 ta to'q qizil toifadagi maktablar qoldi.

Och qizil toifadagi (DTM test sinovlaridagi o'rtacha bali  56.7 dan 75.5 ballgacha) maktablar soni 804 tani yoki 65,6 foizni tashkil etsa,  sariq toifadagi (DTM test sinovlaridagi o'rtacha bali 75,6 dan  94,4 ballgacha) maktablar soni 344 tani yoki 28,1 foizni tashkil etadi.

Bitiruvchilari IDUMlarga jalb etilgan 1226 ta umumta'lim maktablaridan 27 tasi (2,2%) yashil toifadagi (DTM test sinovlaridagi o'rtacha bali  94,5 balldan yuqori) maktablar qatoriga kiradi.

          Kattaqo'rg'on shahar, Paxtachi, Toyloq, Nurobod va Samarqand tumanlarida birorta ham yashil toifadagi maktablar mavjud emas.

Maktab bitiruvchilarining 2 304 nafari (4,5%) texnikumlarga,
652 nafari (1,3%) kollejlarga hujjat topshirgan.

Bitiruvchilarning bandligini ta'minlash ishlari

Hozirgi kunga qadar bitiruvchilarning 10 142 nafarini (20%) bandligi ta'minlangan bo'lib, ularning 2 130 (4,2%) nafarini ish bilan ta'minlashda, 2 143 nafariga (4,2%)  o'z tadbirkorligini boshlashda, 5 869 nafariga (11,6%)  o'zini o'zi band qilishga ko'maklashish orqali “Ustoz-shogird” an'anasi yo'lga qo'yilib, mahalliy hunarmand va tadbirkorlarga biriktirildi va bandligi ta'minlandi.

Bandligi ta'minlanmagan 24 485 nafar (48,4%) bitiruvchilar mavjud bo'lib, ularning 2 406 nafariga (4,8%) tadbirkorlik va hunarmandchilikni boshlashlari uchun imtiyozli kredit ajratish, 11 092 nafarini (21,9%) viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda qisqa muddatli kasb-hunar o'rgatish kurslariga jalb etgan holda bandligini ta'minlash rejalashtirilgan. Bu borada bizga hamkorlarimizning amaliy yordami kerak.

Fan olimpiadalarining tuman, shahar bosqichi yakunlari to'g'risida

   Bu yilgi o'tkazilgan olimpiadalar tubdan farq qilib, yangi Nizom asosida o'tkazildi.

 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli yoshlar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'risida”gi 2021-yil   9-sentyabrdagi 562-sonli qarori hamda Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil  13-sentyabrdagi 295-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida boshqarmaning   29-sentyabrda 137-sonli buyrug'i asosida umumiy o'rta va ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida Respublika fan olimpidasining ikkinchi (tuman, shahar) bosqichi joriy yilning 11-18-oktyabrь kunlari o'tkazildi.

 Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichlari jami 15 184 nafar o'quvchi ishtirok etishdi. Shundan, 959 nafari IDUM o'quvchilaridan iborat.

Shuningdek, o'tgan yilgi fan olimpiadasining viloyat bosqichida  1-o'rinni egallagan 10-sinflarda 17 nafar (o'tgan yilgi 9-sinflar), 11-sinflarda 13 nafar (o'tgan yilgi 10-sinflar), jami 30 nafar o'quvchi joriy yilgi fan olimpiadasida to'g'ridan to'g'ri ishtirok etishadi.

Olis va chekka hududlardagi umumiy o'rta ta'lim maktablariga boshqa viloyat va tumanlardan o'qituvchilarning jalb etilishi to'g'risida

Joriy yilda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiya a'zolari Farg'ona viloyatida xizmat safarida bo'lib, bir guruh tajribali o'qituvchilar Samarqand viloyatining olis va chekka hududlariga ishga taklif etildi.

Jami 146 nafardan ortiq o'qituvchilar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridan 2 nafar, Andijon viloyatidan 28 nafar, Namangan viloyatidan 2 nafar, Buxoro viloyatidan 13 nafar, Navoiy viloyatidan 33 nafar, Jizzax viloyatidan  4 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 23 nafar (jami 146 nafardan ortiq) tajribali o'qituvchilar viloyatimizning Nurobod, Qo'shrabot tumanlaridagi ta'lim sifati past bo'lgan umumta'lim maktablariga ishga qabul qilindi.

Ularning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay yashash sharoitlari  yaratib berilgan va qo'shimcha ustama haqlari to'lanmoqda.

Navoiy va Buxoro safari to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimi E.Turdimovning tashabbusi va homiyligi asosida ta'lim-tarbiya jarayoni bo'yicha viloyatlararo  pedagog xodimlar o'rtasida o'zaro tajriba almashishni tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Ushbu vazifani bajarish maqsadida joriy yil 13-14 oktyabr kunlari Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati, tuman, shahar xalq ta'limi bo'limi mudirlari, ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari va direktor o'rinbosarlaridan iborat  66 kishilik delegatsiya a'zolari Buxoro va Navoiy viloyatlarida xizmat safarida bo'lishdi.

Samarqand-Buxoro va Samarqand-Navoiy viloyatlari Xalq ta'limi boshqarmalari o'rtasida "Viloyatlararo pedagog xodimlar o'rtasida o'zaro ilg'or tajriba almashishni tashkil etish to'g'risida" memorandum imzolandi.

      Milliy reyting natijalari to'g'risida

Joriy yilning 3 noyabrь kuni Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasida umumta'lim muassasalari reytingini e'lon qilishga bag'ishlangan matbuot anjumanida  14 ta hududdagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9622 ta maktablar faoliyati tahlili natijalari asosida 2020 yil yakunlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek tuman (shahar) kesimida umumta'lim muassasalarining reytingi hamda tuman va shaharlarning ta'lim sifati bo'yicha reytingi e'lon qilindi.

Milliy reytingda viloyatimizdan Paxtachi, Jomboy, Toyloq tumanlari yuqori natijani ko'rsatgan bo'lsa, Qo'shrabot, Urgut, Kattaqo'rg'on tumanlari past natijani qayd etgan.

5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan bajarilgan ishlar to'g'risida

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 4 ta tashabbusi doirasida 2021 yilda umumta'lim maktablarining 449 511 (61,6%) nafar o'quvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan. III chorakda 340 008 nafar (100%) o'quvchi 4 ta tashabbus bo'yicha to'garaklarga qamrab olindi.

               Oilalarga joylashtirilgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan shaxslar, uy-joy bilan ta'minlangan yetim bolalar to'g'risida

          Viloyatda vasiylik va homiylik organlari hisobida jami 0-18 yoshda bo'lgan 5 889 nafar yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar hisobga olingan bo'lib, ular ijtimoiy jihatdan himoyaga olingan. Ushbu bolalarning 3447 nafariga vasiylik, 1102 nafariga homiylik tayinlanib,  1311 nafari farzandlikka, 29 nafari oilada tarbiyalash uchun patronatga berilgan.

        Jihozlangan umumta'lim maktablari soni to'g'risida ma'lumot

       Joriy yil viloyatda jami 75 ta umumta'lim maktablarini, shundan,  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-sonli  qaroriga asosan 39 ta, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyundagi 488-sonli qaroriga asosan 32 ta maktab sport zallarini hamda 4 ta umumta'lim maktablarini qayta jihozlash ishlari rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 34 ta maktablarga jihozlar to'liq yetkazilib, barchasi joyiga o'rnatilgan.

  Samarqand viloyat Xalq ta'limi tizimida o'quvchilarni darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar   to'g'risida

        Joriy o'quv yilida jami 742 180 nafar o'quvchilar, shu jumladan, 752 nafar akademik litsey va 979 nafar kasb-hunar maktablari o'quvchilari darsliklar va o'quv metodik qo'llanmalar bilan ta'minlangan.

        Joriy yilning 4 noyabrь holatiga ushbu darsliklarning 2 331 930 donasi (72%) Tranport va logistika DUK viloyat filiali tomonidan qabul qilib olingan va maktablarga yetkazib berilmoqda.